"Hozirda David boshqa klub o'yinchisi hisoblanadi. Men u erda ishlamayman, shu sabab barcha tafsilotlarni bilmayman. Men "Real"ni shug'ullantiraman va jamoani keyingi o'yinga tayyorlayman.
Bu yangiliklarga quloq solmoqchi emasman. Men uchun eng asosiysi - keyingi o'yinning natijasi", - deydi franciyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, David Alabaning "Real" bilan 4 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgani borasida xabarlar mavjud.