Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Martin Edegor jamoani tark etish niyatida.
Norvegiyalik futbolchi kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganidan qoniqmayapti va mavsumning ikkinchi qismini boshqa klub tarkibida o'tkazish niyatida. U "Real" rahbariyatidan o'zini ijaraga berishlarini so'ragan.
Edegor o'yin amaliyotining kamligi futbolchining jismoniy holatiga salbiy ta'sir qilishini bilmoqda. "Real" ustozi Zidan esa 22 yoshli Martinni jamoada olib qolish niyatida.