"Yuventus" prezidenti Andrea Anelli hamda "Real" rahbari Florentino Peres o'rtasida Turinda uchrashuv bo'lib o'tganligi haqida Goal.com portali xabar tarqatmoqda.
Taxminlarga qaraganda, ularning uchrashuvi transfer masalasida bo'lib o'tmagan. Aksincha, ular Evropa Superligasining loyihasi haqida suhbatlashishgani aytilmoqda.
Ma'lumot o'rnida shuni aytish kerakki, Anelli bir paytning o'zida Evropa klublari Assotsiatsiyasiga ham rahbarlik qilgan. Shu sababli, suhbatning asosiy mavzusi futbolchi siyosati bo'lgani taxmin qilinmoqda.