Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zinedin Zidan: "Ha, kubokda hali g'alaba qozonmaganman, lekin..."

"Qaymoqranglilar" ustozi Ispaniya Qirol Kubogi bahsi oldidan matbuot-anjumanida ishtirok etdi.

.
- Yuklab olish

"Ha, chindan hali kubokda g'olib bo'lmaganman, eslatganingiz uchun tashakkur (kuladi). Ammo bu fakt meni yanada ruhlantiradi va Kubok o'yinlarini yanada qiziqroq bo'lishini taminlaydi", - deydi murabbiy.

Alabaning transferi"Alabaning ehtimoliy transferi Lukas va Serxioning shartnomasi uzaytirilishidagi qiyinchiliklarga umuman aloqasi yo'q. Hozir men bor etiborimni ertangi o'yinga qaratganman".

"Kilian Mbappe? Futbolchilar qaerda o'ynashni istashlarini o'zlari hal qilishadi. Axir shartnomaga har bir futbolchining o'zi imzo chekadi, ammo men "Madrid"ga tegishli bo'lmagan o'yinchilar haqida gapirishni istamasdim.

Qishki transferlar haqida"31 yanvargacha istalgan narsa bo'lib ketishi mumkin. Futbolchilarni sotishimizga kelsak - transferlar soni kutilganidan ko'proq bo'lishi mumkin".

Luka Yovich haqida"Kuni-kecha Yovich 2 ta gol urganidan xabarim bor, u uchun juda xursandman va omad tilayman".

"Yovich endi 23 yoshda, u "Madrid"ga mos futbolchi va boshqa futbolchilar haqida ham shunday deyish mumkin. Ammo bu erda raqobat juda kuchli va u yoki bu o'yinchi kamroq o'yin amaliyotiga ega bo'lsa, faqat murabbiyni ayblash noto'g'ri. Har bir futbolchi maydonga tushish uchun loyiqligini o'z mehnati bilan isbotlashi mumkin".

Azar haqida"Azar o'z ustida tinmay ishlayapti. Yaqin vaqtlar ichida Eden barchamiz o'rganib ulgurgan, o'zining haqiqiy "men"ini qayta ko'rsatadi".

Tanqidlar haqida"Men tanqidlardan charchaymanmi yoki yo'q, umuman ahamiyatsiz. Bu "Real" va bu kabi holatga tayyor turish lozim, "Madrid" uchun bu oddiy holat. Biz yanada yaxshiroq, tezroq harakat qilib, vaziyatni o'z foydamizga o'zgartirmoqchimiz".

BestMaster
19 Yanvar 2021, 18:15
zinedin, zidan, kubokda, hali, galaba, qozonmaganman, lekin,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Олға зизу
19 Yanvar 2021, 18:46
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads