«Bavariya» himoyachisi David Alabaning yaqinda Madridning «Real»i bilan yangi bitim tuzgani haqida xabar bergan edik.
Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, avstryalik buning uchun «Liverpul» va «PSJ» klublaridan tushgan takliflarni rad etgan. U o'zi kutgan yuqori maoshni Madridda harakat qilsagina olishi mumkinligiga ishondi.
Ma'lumot uchun, Alaba «qirollik klubi» bilan 4 yilga mo'ljallangan shartnoma tuzgan. Uning maoshi esa 11 million atrofida bo'lishi kutilmoqda.