"Real" yarim himoyachisi Eden Azar Ispaniya superkubogi doirasida «Atletik Bilbao»ga qarshi muvaffaqiyatsiz harakat qilganidan so'ng "Madrid" rahbariyati futbolchining samarasiz o'yinidan charchadi.
Bundan tashqari, klub bosh murabbiy Zayniddin Zidan hamon belgiyalik o'yinchiga ishonch bildirishda davom etayotgani rahbariyatning e'tiroziga sabab bo'lmoqda.
«Bilbao»ga qarshi bahsda Azar bergan 37ta uzatmaning 34tasi manzilga aniq bordi. U raqib futbolchilarini biror marta ham aldab o'tmadi. Eden raqib darvozasi tomon bitta zarba berib, bitta xavfli vaziyatni qo'ldan chiqardi.
Eden joriy mavsumda «Real» safida 10ta o'yinda maydonga tushib, jami 486 daqiqa harakat qilgan. U mavsumning aksariyat qismini jarohat tufayli o'tkazib yubordi.