«PSJ» klubi «Real» sardori Serxio Ramos bilan shartnoma imzolashga harakat qilmaydi.
«Madrid» va «Pari Sen-Jermen» o'rtasidagi do'stona kelishuv mavjud bo'lib, unga ko'ra, klublar bir-birlarining o'yinchilarini o'zlariga og'dirishga harakat qilishmaydi. Shu bois, parijliklar Ramos bilan aloqaga ham chiqishmagan.
Serxioning «Qirollik klubi» bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi. Tomonlar hozircha yangi shartnoma borasida kelisha olishmayapti. Ramos esa ayni paytda boshqa jamoalar bilan muzokara o'tkazish huquqiga ega.