«Real» klubi himoyachi Serxio Ramos bilan yangi shartnoma borasida hamon kelishuvga erisha olmayapti.
Madridliklar 34 yoshli futbolchiga bir yillik shartnoma taklif qildi. Shu bilan birgalikda klub Ramos 10,8 mln evro yillik maosh bermoqchi. Bu esa uning hozirgi maoshiga (12 mln. evro) 10 foiz kam.
Ramos esa hozirgi maoshi o'zgarishsiz qolgan holda ikki yillik shartnoma imzolanishini istamoqda.
«Real» prezidenti Florentino Peres agentlarni aralashtirmasdan shaxsan o'zi Ramos bilan muzokaralarda ishtirok etmoqda.