Milanning «Inter» klubi o'z himoyachisi Ashraf Hakimining transfer summasi bo'yicha «Real» bilan kelisha olmayapti.
«Neradzurrilar» futbolchining to'liq 40 millionlik narxidan 10 million qismini hali to'lamagan. Shartnomaga ko'ra, klubga bo'lib to'lash imoniyati berilgan bo'lib hozircha italyanlar transferning eng so'nggi shartlarini bajara olmayaptilar.
Buni «Inter» rahbariyati yuzaga kelgan og'ir moliyaviy qiyinchiliklar bilan izohlamoqda. Shuni hisobga olgan holda «Real» ham milanliklarga qo'shimcha dedlayn belgilab berdi.
Eslatib o'tamiz, Hakimi «Inter» safiga o'tgan yil sentyabr oyida ko'chib o'tgan bo'lib joriy mavsum 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi.