«Barselona» afsonasi Rivaldo "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Ronald Kuman va «Real» ustozi Zayniddin Zidanning yoshlar bilan ishlashiga baho berdi.
«Yosh iqtidorlarni boshqarish uchun muvaffaqiyatli yo'l — ularga haddan tashqari ko'p bosim o'tkazmaslik. Men bu haqda hamisha aytib kelganman. O'ylashimcha, Kuman Buskets, Messi va Jordi Albaning o'rniga yoshlarni tushirish orqali muvaffaqiyatga erishadi. Buning uchun Kuman maqtovga loyiq.
Zidan esa buning aksini qilmoqda. U o'tgan mavsumda Valverde, Rodrigo yoki Vinisius kabi iqtidorlarga ishonch bildirayotgan edi. Zidan gapirayotgan paytda Vinisius o'z telefoniga qarab turgani uchun futbolchi jazolanishi mumkin ekan. Bu haqda yaqinda o'qidim. Ammo futbolchini o'yin amaliyotisiz qoldirish orqali kurashib bo'lmaydi. Bunday holatda siz faqat o'z jamoangizga zarar keltirasiz. Hal qiluvchi o'yinlarda bu o'z ta'sirini ko'rsatishi mumkin. Bunda jarima bilan cheklanish mumkin», — dedi Rivaldo.