Madridning “Real” klubi sardori Serxio Ramos “Manchester Yunayted”ga (2:1) qarshi Superkubok o'yinidan so'ng o'z fikrlarini aytdi.
“Sovrin yutish – bu mavsum ochilishining eng yaxshi qismlaridan biri bo'ldi. Uyimda joylashgan sovrinlar yana bittaga ko'payganidan xursandman. Hech qachon g'alaba qozonishdan charchamayman.
Uzoq g'alabali seriyaning siri nimada? Jamoa juda ahil va g'alabaga tashna, Zidan “Real”ni butkul o'zgartirib yubordi”, - dedi Ramos Marca nashriga bergan intervyusida.