"Real" himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya superkubogining yarim final bosqichidan o'rin Bilbaoning «Atletik» klubiga qarshi o'yinda (1:2) og'riq qoldiruvchi ukol bilan harakat qilgan.
"Qirollik klubi" sardori o'yindan oldingi chigilyozdi mashg'ulotida tizzasida og'riq his qilgan. Ammo murabbiylar va shifokorlarning o'zaro maslahatlashuvidan so'ng futbolchini og'riq qoldiruvchi ukol bilan maydonga tushirishga qaror qilingan.
Klub Ramosning jarohatini kuzatishda davom etadi. U Ispaniya kubogi doirasida «Alkoyano»ga qarshi bo'ladigan o'yinni o'tkazib yuboradi. Serxio La liga 20-turidan o'rin olgan «Alaves»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.