Bilbaoliklar bosh murabbiyi Marselino Toral «Real» bilan (2: 1) Ispaniya Superkubogi yarim final uchrashuvidagi g'alaba haqida fikr bildirdi.
«Real»ni mag'lub etish har doim yoqimli. Futbolchilar ulkan kontsentratsiya va birdamlik namoyish etishdi. Men juda xursandman. Chunki, «Atletik» «Real» ga qarshi 11 uchrashuvdan buyon g'alaba qozona olmayotgan edi. Jamoaga kelganim hamono, darhol futbolchilar bilan birdamlikda ishlay boshladik. Biz ularga shaxsiy va jamoaviy ishonchni singdirishga harakat qildik.
Biz «Atletiko»ga qarshi o'ynimiz qoldirilganidan xursand bo'ldik(o'yin 9 yanvar kuni bo'lib o'tishi kerak edi ammo, noqulay ob-havo sharoiti sababli uchrashuv o'tkazilmadi). Shu tufayli biz ko'proq mashq qilishga muvaffaq bo'ldik. Yigitlarning mehnat qilishga bo'lgan ishtiyoqi bizning ishimizni engillashtiradi"- deya Marcelinoning so'zlaridan iqtibos keltiradi Marca