Kataloniyaning "Barselona" klubi "Liverpul" bilan Koutinyo borasida muzokaralarni tezlashtirishga kirishdi.
Kataloniyaliklar yakshanba kuni Ispaniya Superkubogi doirasida "Real"ga qarshi o'yingacha transferni xal etishmoqchi. Hozirda "Barselona" va "Liverpul" qisman kelishuvga erishgan bo'lib, "Barsa" Koutinyo uchun 90 mln yevro va plyus 30 mln bonus sifatida to'lashadi.
Xabarlarga, ko'ra "Liverpul" ham Koutinyoni 15-avgust kuni Chempionlar Ligasi saralash roundi "Xoffenxaim"ga qarshi o'yingacha saqlab qolishni xohlashmoqda. Biroq Koutinyo "Barsa"ga o'tish uchun mashg'ulotlarda ham qatnashmaslikga tayyor.