«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya Superkubogi yarimfinalidan o'rin olgan «Atletik»ka (1:2) qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Birinchi bo'limda «Real»ga oson bo'lmadi. O'yinga yomon kirishdik. «Atletik» mavjud ikki vaziyatdan foydalandi, yaxshi bosim o'tkazdi. Ikkinchi bo'limni yaxshiroq o'tkazdik. Imkoniyatlar bor edi, darvoza ustuniga zarbalar berdik va gol urdik.
Ishlashda davom etish kerak. Biroz dam olib, keyingi o'yin haqida o'ylashni boshlaymiz. Bu muvaffaqiyatsizlik emas, chunki biz harakat qildik. Bu mag'lubiyat bo'lajak o'yinlarga va mavsumga ta'sir qilmaydi», – deya Zidanning so'zlarini keltiradi Marca.