Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Eskirmaydigan savol: Ronaldu zo'rmi yoki Messi?

.
- Yuklab olish

Millionlar o'yini bo'lmish futbol haqida eshitgan, bilgan va o'ynagan istalgan odamni eskirmaydigan bir savol qiziqtirib keladi: Krishtianu Ronaldu zo'rmi yoki Lionel Messi? Bunda har ikkala futbolchining personal muxlislari ma'lum o'yinchining foydasiga tanlov qilsa, mutaxassis hamda ekspertlar ularni bir-biri bilan taqqoslamaslik zarurligini ta'kidlaydi. Shundan kelib chiqib, quyida nima uchun Messi va Ronalduni taqqoslamaslik kerakligi sabablariga to'xtalib o'tiladi.

Messi va Ronaldu maydonda turli pozitsiyalarda o'ynaydi

Agar o'yinchilar xolisona taqqoslaganda ham, ularning turli pozitsiyalarda o'ynashi bunga imkon bermaydi. Messi maydonda erkin ijodkor bo'lib, ma'lum bir vazifa bilan cheklanmaydi, u qanotda ham hujum ortida ham birdek foydali o'ynashi mumkin. Ronaldu esa vaziyatlarni yakunlaydigan haqiqiy vahshiy. Aynan golli vaziyatlarni yakunlash bo'yicha Ronaldu so'nggi yillarda dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylandi. Ronaldu va Messi o'rtasidagi taqqoslashni qabul qilish uchun hech bo'lmaganda portugaliyalik «Manchester Yunayted»dagi dastlabki yillarida bo'lgani kabi qanotda o'ynashi kerak edi.

Ronaldu va Messining maydondagi vazifalari turlicha

Turli xil pozitsiyalarda o'ynash tabiiyki, Ronaldu va Messining maydondagi vazifalarini ham belgilab beradi. Murabbiylar ulardan turli maqsadlar yo'lida foydalanadi, Andrea Pirlo portugaliyalikni yuqorida ta'kidlanganidek, vaziyatlarni yakunlashda foydalanadi. Messidan esa ajoyib uzatmalar, zarbalar berish va o'yinni nazorat qilish talab qilinadi. Bu borada Messining o'zi shunday degandi: «Ronaldu — yakunlovchi, men esa o'yinni qurish bilan shug'ullanaman!»

Messi va Ronalduni taqqoslash hech qaysi tomonning g'alabasi bilan yakunlanmaydi

Odatda taqqoslashlar eng yaxshisini aniqlash uchun o'tkaziladi. Shu mantiqqa asoslanib aytilsa, u yoki bu qarama-qarshilikda kimdir (yoki nimadir) g'alaba qozonishi kerak. Biroq Messi va Ronalduning holatida bu imkonsiz ish, chunki butun dunyodagi odamlarning ikki afsonadan birining foydasiga tanlov qilishi ehtimoldan ancha yiroq.

Muxlislar o'rtasidagi qarama-qarshiliklar futbolga zarar keltiradi

Qanchalik g'alati eshitilmasin, Messi va Ronaldu o'rtasidagi sun'iy ravishda kelib chiqqan raqobat dunyo futboliga zarar keltiradi: har kuni millionlab insonlar shu ikki futbolchidan birining yaxshiroq ekanini isbotlash uchun bir-birlari bilan bahslashadi, tortishadi, hatto haqorat qilishgacha ham boradi. Ehtimol, dunyoda biron bir taqqoslash bu darajaga etib bormagan bo'lsa kerak. Lekin har sohada bo'lgani kabi futbolda ham insoniylik birinchi o'rinda turishi kerak. Shunday ekan, Messi va Ronalduni taqqoslashni to'xtatish vaqti etdi.

Futbol kamsitish va haqorat emas, balki zavq ulashishi kerak

Futbol birinchi navbatda hissiyotlardan iboratdir, aynan shuning uchun ham ko'pchilik ushbu sport turi bilan shug'ullanadi, o'ynaydi, tomosha qiladi. Va aynan shuning uchun tunlar bedor o'tkaziladi, g'alabalar va «kambek»lar olam-olam quvonch bag'ishlasa, mag'lubiyatlardan ko'zlar yoshlarga to'ladi. Messi va Ronaldu holatida ham shunday bo'lishi kerak, aslida. Har hafta Messining jarima zarbalari yoki Ronalduning ikki metr balandlikdan urgan gollari, driblinglar, paslar, yangi rekordlarni ko'rish qanday yoqimli. Shunday ekan, kim zo'r ekani haqida bahslashish yoki janjallashgandan ko'ra shunchaki ularning o'yinidan zavq olish lozim. Boisi bu darajadagi futbolchilarning yana etishib chiqishi ehtimoli kam.

BestMaster
15 Yanvar 2021, 10:30
eskirmaydigan, savol, ronaldu, zormi, yoki, messi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads