"Real Madrid" – "Atletik" 1:2Gollar: 0:1 – 18 Raul Garsiya, 0:2 – 38, penalti Raul Garsiya, 1:2 – 73 Benzema.
"Real Madrid" – Kurtua, Varan (Nacho, 46), Mendi, Ramos, Vaskes, Kroos, Modrich (Valverde, 67), Azar (Vinisius Junior, 67), Kazemiro, Asensio, Benzema (Mariano Dias, 88).
"Atletik" – Unai Simon, Balensiaga (Morsilo, 79), Martines, Kapa (Lekue, 68), De Markos, Raul Garsiya (Vilyalibre, 79), Vensedor (Vesga, 68), Muniain (Berenger, 71), Dani Garsiya, Nunes, Uilyams.
Ogohlantirishlar: Vaskes (37), Kapa (56), Kroos (83), Dani Garsiya (84), Unai Simon (88).
Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.
YANGILASH
Qayta va qayta urinsada "Real" "Atletik" darvozasiga ikkinchi to'pni kirita olmadi va finalda "Barselona"ga qarshi endi Marselino Toral shogirdlari kurashishadi.
Uchrashuvning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.
90-daqiqa. "Real" himoyadan chiqishda to'pni oldirib qo'ydi va Kazemironing jon holatda to'p yo'liga otilishi vaziyat faqatgina burchak to'pi bilan yakunlanishini taminladi.
89-daqiqa. Ogohlantirish! Unai Simon o'yinni cho'zgani uchun sariq kartochka bilan "siylandi".
88-daqiqa. O'zgarish! Karim Benzema o'rniga Mariano Dias o'yinga qo'shildi.
87-daqiqa. Xavfli vaziyat. Hujumchiga aylangan Serxio Ramosdan omad yuz o'girdi.
84-daqiqa. Ogohlantirish! Toni Kroos maydon markaziga yaqin nuqtada Dani Garsiyaga nisbatan qo'pol o'ynagni uchun sariq kartochka bilan ogohlantirildi.
82-daqiqa. GOOOOL! Lekin Benzema buyog'iga odatga ko'ra desak ham bo'lar, yana o'yindan tashqari holatda...
80-daqiqa. Tibo Kurtuaning ishonchli o'yinigina hozirgina maydonga tushgan Aser Vilyalibre gol urishiga yo'l qo'ymadi.
79-daqiqa. Raul Garsiya o'rnini Aser Vilyalibrega bo'shatib berdi.
77-daqiqa. "Real" futbolchilariga "jon kirdi". Ular tezroq yugura boshlagandek.
75-daqiqa. Bo'ldi, GOOOOOOOL inobatga olindi! Karim Benzema hisobiga gol yozdirib qo'ydi.
73-daqiqa. GOOOOL! Ammo Karim Benzema yana o'yindan tashqari holatda. Hozircha hakam sabr qilishni so'ramoqda va yordamchilarini tinglamoqda.
71-daqiqa. O'zgarish! Iker Muniain o'rniga Aleks Berenger tushirildi.
70-daqiqa. "Real" hamon raqib darvozasi tomon yo'l izlamoqda, lekin hozircha omadi chopmayapti.
68-daqiqa. O'zgarish! Ander Kapa o'rniga Inigo Lekue, Unay Vensedor o'rniga Mikel Vesga maydonga tushirildi.
67-daqiqa. O'zgarish! Eden Azar o'rniga Vinisius, Luka Modrich o'rniga Fede Valverde maydonga tushirildi.
65-daqiqa. Yana bir xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, lekin Vaskesning uzatmasidan keyin himoyachilar to'pni qaytarishga muvaffaq bo'lishdi.
63-daqiqa. Yana Toni Kroos zarba yo'lladi, bu safar germaniyalik futbolchi ketma-ket ikki marta darvozani nishonga olishga urindi, lekin yana noaniq.
61-daqiqa. Xavfli vaziyat! Mendi, Kroos, Azar va Asensio ishtirokida tashkillashtirilgan hujumni Marko yakunlab berdi, lekin uning zarbasidan keyin to'p ustunga tegib, maydonga qaytdi.
59-daqiqa. Pressing oqibatida to'pni olib qo'ygan "Atletik" futbolchilari ancha xotirjam o'ynab, raqib bosimidan to'pni yo'qotmay chiqib keta olishdi.
58-daqiqa. Marko Asensio o'zining ajoyib zarbasini ishga soldi, lekin to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.
56-daqiqa. Ogohlantirish! Ander Kapa ham o'xshash vaziyatda Eden Azarni yiqitgani sabab ogohlantirildi.
55-daqiqa. Lukas Vaskes raqibiga nisbatan qo'pol o'ynadi va hakam jarima zarbasi belgiladi.
53-daqiqa. Iker Munianin sal qolsa uchinchi golni urib, amalda "Real"ga chiqish eshiklarini ko'rsatib qo'yishi mumkin edi.
51-daqiqa. Tanaffusdan kerakli ko'rsatmalarni eshitgan "qaymoqranglilar" ikkinchi bo'limda raqibni markazning buyog'iga deyarli o'tkazishmayapti.
49-daqiqa. "Real"ning uzoq davom etgan hujumi Kazemironing noaniq to'p uzatmasi sabab uzilib qoldi.
47-daqiqa. Ikkinchi bo'lim huddi birinchisi kabi boshlandi. "Real Madrid" deyarli o'z jarima maydonchasidan to'pni olib chiqishiga to'g'ri kelmoqda va bu unchalik ham oson bo'layotgani yo'q.
46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
O'zgarish! Rafael Varan o'rniga Nacho o'yinga qo'shildi.
Bo'ldi, birinchi bo'limga umuman vaqt qo'shib berilmadi. Tanaffus. Hozircha ko'proq ishtiyoq bilan harakat qilayotgan "Atletik" ishonchli tarzda oldinda bormoqda.
45-daqiqa. Inyaki Uilyams darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, Kurtua jamoasini uchinchi o'tkazib yuborilgan goldan qutqarib qoldi. Vaziyat oxiriga etgach, quloqdagi moslamadan xabar olgan bosh hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi.
43-daqiqa. Toni Kroos yana jarima maydoni kirib o'tirmay, zarba yo'llab ko'rdi. To'p yo'l-yo'lakay erdan bir sapchigan bo'lsada, darvozabon uni birinchi urinishdayoq ushlab oldi.
40-daqiqa. Hozircha "Real"ning o'yini deyarli o'zgarmayapti. Kutilmagan, keskin harakatlar etishmayapti.
Ha, bo'limning hozirgacha o'tgan qismining anti-qaxramoni Lukas Vaskes desak mubolag'a bo'lmaydi. Sababi birinchi golda ham aynan Vaskesning noaniq uzatmasidan keyin to'p yo'qotilgandi, ikkinchi golda yana uning passivligi, hujumchini yo'qotib qo'yishi va ortidan qoida buzgani tufayli penalti belgilandi.
38-daqiqa. GOOOOOL! Raul Garsiya to'p va darvozabonni turli burchaklarga ravona qildi.
36-daqiqa. PENALTI! Hakam "Real Madrid" darvozasi tomon o'n bir metrlik jarima zarbasini belgiladi.
33-daqiqa. "Real Madrid" yana himoyadan chiqishga qiynalmoqda.
31-daqiqa. Yana "Real" hujumda. Bu safar uzatmadan keyin darvozabon ishonchli o'yin ko'rsata olmadi, lekin Zizu shogirdlari ham bundan foydalana olishmadi.
30-daqiqa. Xavfli hujum. Modrichning uzatmasidan keyin o'ng qanotdan Lukas Vaskes oldinga o'tdi va to'pni jarima maydoni markaziga etkazdi, Asensio va Benzema to'pga etishiga bir bahya qoldi.
28-daqiqa. Karim Benzema to'pni qabul qilib, zarba yo'lladi, lekin to'p darvoza to'riga tashqi tomondan tegdi. Qo'shimchasiga hakam franciyalik futbolchi o'yindan tashqari holatda bo'lganini malum qildi.
27-daqiqa. Javob hujumida Iker Muniain zarba yo'lladi, biroq to'p to'g'ri Tibo Kurtuaning qo'liga borib tushdi.
26-daqiqa. Marko Asensio o'ng qanotdan katta tezlikda oldinga o'tdi, jarima maydonchasiga kirib-kirmay kuchli zarba yo'lladi, ammo to'p darvozadan ancha uzoqdan o'tib ketdi.
25-daqiqa. Uzoq davom etgan hujumda to'p qanotdan-qanotga ko'chib yurdi va Ferlan Mendining uzatmasidan keyin Toni Kroos o'rta masofadan zarba berishga qaror qildi, lekin noaniq.
22-daqiqa. "Real" hozircha o'ziga kelganicha yo'q, aksincha "Atletik" yana oldinga o'tmoqchi bo'ldi, Modrich himoyachilarga yordamga kelib to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.
18-daqiqa. GOOOOOOL! "Atletik" hisobni ochdi. Raul Garsiya zarba muallifi. Lukas Vaskes to'p oshirishda xatoga yo'l qo'ydi va undan keyin Varan ham, Ramos ham o'z futbolchilarini yopib ulgurishmadi.
16-daqiqa. Toni Kroosning jarima zarbasidan uzatgan to'piga Serxio Ramos birinchi bo'lib etib bordi va bosh bilan zarba berdi, ammo biroz noaniq.
14-daqiqa. Bilbaoliklarning pressingi biroz susaygandek, balki shu sababli ham o'yin tempi ham biroz tushdi chog'i.
12-daqiqa. Kazemironing kutilmagan, lekin ajoyib uzatmasidan keyin Azar o'ta qulay vaziyatga chiqib bordi, lekin belgiyalik hujumchi zarba berguncha ortidan himoyachilar etib kelib, unga bemalol zarba berish imkonini qoldirishmadi. Burchak zarbasidan keyin esa himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi.
10-daqiqa. O'ng qanotdan rivojlantirilgan hujumni Eden Azar zarba bilan yakunladi, burchak to'pi.
9-daqiqa. Karim Benzemaning xatosidan so'ng raqib tezkor hujum uyushtirdi va Inyaki Uilyams bir nechta raqiblari orasidan oldinga o'tib ketayotgandi, lekin hujumchi to'pni o'zida keragidan ko'p ushlab qolgani sabab ham oldirib qo'ydi.
7-daqiqa. Serxio Ramos Dani Garsiyaga nisbatan qo'pol o'ynadi va hakam jarima zarbasini belgiladi.
5-daqiqa. Avvaliga "Atletik" hujum uyushtirayotgandek edi, ammo "qaymoqranglilar" to'pni olib qo'yib tezkor qarshi hujum uyushtirishdi va qulay vaziyatdan zarbani amalga oshirganiga qaramay, Luka Modrichning urinishi ko'ngildagidek chiqmadi.
3-daqiqa. Ferlan Mendining faolligi orqali "Real" o'yindagi birinchi burchak zarbasini ishlab oldi. Uzatmadan keyin to'p yana maydon tashqarisiga chiqib ketti, ikkinchi burchak to'pi.
2-daqiqa. "Real" to'pga egalik qilmoqda, bilbaoliklar esa ilk daqiqalarda ancha faol tarzda pressing qo'llashmoqda.
1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni "Real Madrid", Karim Benzema boshlab berdi.
Futbolchilar tribunaostida, maydonga chiqishga tayyor turishibdi.
Bazi neytral muxlislar ham bugun "Real"ga omad tilashmoqda va buni Superkubok finalida "El-klasiko" ko'rishni istashlari bilan izohlashyapti. Ammo sizlarga bir sirni ochamiz, bugun agar mabodo "Atletik" Bilbao qaysidir manoda sensaciya qayd etib, hal qiluvchi o'yinga yo'l olsa ham "El-klasiko" bo'ladi. Ha, adashmadingiz, "Atletik" Bilbao bilan uchrashuvlar ham "El-klasiko" deb nomlanadi. Sababi ushbu uch jamoa, yani "Real", "Barsa" va "Atletik" Ispaniya oliy ligasidan tarixda biror marta ham tushib ketishmagan. Bunday klublar faqatgina 3 ta!
Nominal mezbon "Real Madrid" futbolchilarining chigalyozdi mashg'ulotlaridan lavhalarni etiboringizga taqdim etamiz.
SHubhasiz, bizni qiziqarli bellashuv kutib turibdi. Sababi ushbu raqiblarning o'zaro uchrashuvlari tarixiga nazar solarkansiz, bu to'qnashuv zerikarli bo'lmasligiga ishonch hosil qilasiz.
Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.
"Real Madrid" – "Atletik Bilbao"
"La Rosaleda" stadioni
"Real Madrid" - Kurtua, Ramos, Varan, Azar, Kroos, Benzema, Modrich, Asensio, Kazemiro, Vaskes, Mendi.
"Atletik Bilbao" – Unai Simon, Balensiaga, Martines, Kapa, De Markos, Raul Garsiya, Vensedor, Muniain, Dani Garsiya, Nunes, Uilyams.