"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres UEFA Superkubogidan so'ng bergan intervyusida Garet Beyl sotilmasligini aytib o'tdi.
"Har qanday sovrin biz uchun muhim, biz qadamma-qadam bormoqdamiz. Beylni sotishni o'ylayotganimiz yoq. U bizning muhim futbolchimiz, jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Chempionlar Ligasini yutganimizdan so'ng Zidan bilan gaplashib oldik va tarkibni saqlab qolishga qaror qildik, bizga yangi futbolchilar kerak emas. Endilikda bizni yana ikki qiyin uchrashuv kutib turubdi. Umid qilaman, "MYU"ni mag'lub etgandek, "Barselona"ni ham taslim etamiz." - deydi prezident.