«Real» hujumchisi Luka Yovich «Ayntraxt» klubiga qaytdi. Frankfurtliklar 23 yoshli futbolchini mavsum oxiriga qadar ijaraga olishdi. Serbiyalik futbolchi 9-raqamli futbolkada o'ynaydigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Yovich 2019 yilning yozida 60 million evro evaziga «Real» safiga o'tgan edi. Bir yarim yil davomida u 11 marta madridliklarning asosiy tarkibida maydonga tushdi.
Luka «Real» safida barcha musobaqalar doirasida 32ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi.