«Real» yarimhimoyachisi Eden Azar 10 foizdan ortiq ovoz to'plagan holda muxlislar tomonidan Belgiya futbolining ramzi sifatida e'tirof etildi.
Belgiya Qirollik futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, so'rov tashkilotning 125 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan. G'olib muxlislar bergan ovozlari bilan aniqlangan. Eden Azar 10,6 foiz ovoz bilan, 9,4% ko'rsatgichdagi Vensan Kompani hamda 9,1% ovoz olgan Kevin De Bryuynelarni ortda qoldirdi.
Ma'lumot uchun, Eden Azar Belgiya terma jamoasi tarkibida 106 uchrashuv o'tkazib 32 gol urishga muvaffaq bo'lgan.