35 yoshli Luka Modrich "Real" bilan shartnomasini uzaytirish borasidagi savolga javob qaytardi.
«Yangi shartnoma? Muzokara olib boryapmiz, uning qanday rivojlanayotganidan xursandman», - dedi tajribali yarim himoyachi Madrid Xtra bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, Modrich va "Real" jamoalari o'rtasidagi amaldagi shartnoma shu mavsumning so'nggida yakuniga etadi. Modrich «Qirollik klubi" tarkibida 2012 yildan beri o'ynab kelmoqda.