«Ayntraxt» sport direktori Fredi Bobich jamoa «Real» hujumchisi Luka Yovichni ijaraga olayotgani tasdiqladi. Bundesliga klubi serbiyalik futbolchi bilan mavsum oxiriga qadar shartnoma imzolaydi.
«Yovichni yozga qadar ijaraga olish bo'yicha kelishuvga erishishga yaqin turibsiz. U tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tishi kerak. Hammasi joyida bo'lsa, u safimizga qaytadi», — dedi Bobich.
2019 yilning yozida «Real» Yovich uchun «Ayntraxt»ga 63 mln evro to'lagan edi. Shundan beri forvard 32ta bahsda maydonga tushib, bor-yo'g'i 2ta gol urdi. Hozirda Transfermarkt Lukani 20 mln evroga baholagan.