"Bavariya" va "Real" yozgi transferlar oynasida klubini o'zgartirishni xohlayotgan va top-klubga yo'l olishni xohlayotgan 23 yoshli yarim himoyachiga qiziqish bildirmoqda.
O'yinchining "Gladbax" bilan tuzgan shartnomasida tovon puli 39 mln evro etib ko'rsatilgan. Bu futbolchi uchun katta narx, sababi bitim pandemiya boshlanishi paytida tuzilgan.
Futbolchi joriy mavsum Germaniya Bundesligasi doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.