"Renn" xavbeki Eduardo Kamavinga "Real"ga ehtimoliy transferi haqida gapirdi.
"Albatta, senga katta klub qiziqish bildirayotgani yoqimli, ammo men aqlimni yo'qotmayman.
Men "Renn" o'yinchisiman. Biz mavsum so'nggiga qadar kutamiz va shunday so'ng muzokaralar stoliga o'tiramiz," - deydi Kamavinga.
Qayd etish kerakki, 18 yoshli o'yinchiga shuningdek "Bavariya", PSJ va "Yuventus" klublari ham qiziqish bildirmoqda.