Madrinning "Real" klubi sobiq bosh direktori Xorxe Valdanoning fikricha, jamoa sardori Serxio Ramos Madridda qolishi kerak.
"Menimcha, u shartnomasini uzaytiradi. Agarda Ramos boshqacha qarorga kelsa, bu ikki tomon uchun ham foydali bo'lmaydi. Bunday holat oldin ham bo'lgandi. Ronaldu "Yuventus"ga ketdi va "Real" EChLsiz, Krishtianu esa "Oltin to'p"siz qolmoqda. Kim "Oltin to'p"ni oldi? "Real" futbolchisi Luka Modrich. Shu sababdan Ramos shartnomani uzaytirishi tarafdoriman", - dedi Valdano.
Oldinroq Ramosning xizmatlariga "Liverpul", PSJ va "Manchester Siti" kabi klublardan qiziqishlar bo'lmoqda.