«Barselona» klubi La liganing ikkinchi davrasida bo'lib o'tadigan "Real"ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshladi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko'ra, kataloniyaliklar 11 aprel kuni bo'ladigan o'yin uchun maxsus forma tayyorlamoqda. Formaning yuqori qismi odatdagidek bo'lib, uning pastki qismida Kataloniya bayrog'i ranglari aks ettiriladi.
"Barsa" ushbu formadan faqat "Real"ga qarshi o'yinda foydalanadi. Formaning taqdimot marosimi jamoa afsonasi Karles Puyol ishtirok etadi.