"Real" ning sobiq bosh direktori Xorxe Valdano himoyachi Serxio Ramosning Madrid klubidagi kelajagi haqida gapirdi.
"U oxir-oqibat "Real" bilan shartnomasini uzaytiradi.
Agar bu amalga oshmasa, ikkala tomon ham yutqazadi. Krishtianu Ronalduning ketishi bilan ham xuddi shunday bo'lgan edi. Ya'ni, "Real" "Chempionlar Ligasi"siz qoldi, Krishtianu esa "oltin to'p "siz (2018 yilda yarim himoyachi Luka Modrich sovrinni qo'lga kiritgan edi)"- deydi Valdano.
Ma'lumot uchun, joriy mavsum La Ligada 14 o'yin o'tkazib, 2 ta golga mualliflik qilgan ispaniyalik himoyachi «qirollik klubi»ning ikkita taklifini rad etdi.