Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) «Barselona» ning argentinalik hujumchisi Lionel Messini so'nggi o'n yillikning eng yaxshi pleymeykeri deb topdi.
Reyting har bir yil oxirida, oldingi IFFHS reytinglari asosida tuziladi. Bu gal Leo Messi 174 ochko bilan birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi pog'onada «Barselona» ning sobiq yarim himoyachisi va ayni paytda «Vissel Kobe» futbolchisi Andres Inesta (127) . Kuchli uchlikka «Real» yarim himoyachisi Luka Modrich(113) yakun yasab berdi.
IFFHS ma'lumotlariga ko'ra so'nggi o'n yillikning eng yaxshi 10 pleymeykerlari quyidagicha:
1. Lionel Messi («Barselona») - 174
2. Andres Inesta («Vissel Kobe») - 127
3. Luka Modrich («Real») - 113
4. Kevin de Bryuyne («Manchester Siti») - 103
5. Toni Kroos («Real») - 90
6. Eden Azar («Real», sobiq «Chelsi») - 77
7. Neymar (PSJ) - 71
8. Mesut O'zil («Arsenal») - 69
9. Andrea Pirlo (sobiq «Yuventus», sobiq «Milan») - 63
10. Yaya Ture (sobiq «Manchester Siti») - 60