«Real» bosh direktori Xorxe Valdano madridliklar sardori Serxio Ramosning kelajagi borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«U «Real» bilan shartnomani uzaytirishi kerak. Agar bunday bo'lmasa, bu nafaqat futbolchi uchun, balki «Real» uchun ham katta xato bo'ladi.
Ronaldu bilan ham shunday xatolik ro'y bergandi. «Real» esa Chempionlar ligasidan chiqib ketgan bo'lsa, Krishtianu «Oltin to'p»dan quruq qoldi», – dedi Valdano.
Eslatib o'tamiz, Ramos «Real» bilan yangi shartnomaning moliyaviy tomonlari bo'yicha kelisha olmayapti. Serxioga Evropaning bir nechta top-klublari qiziqish bildirishmoqda.