"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan "MYu"ga (2:1) qarshi Superkubok bahsidan keyin, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bizda ko'plab iqtidorli futbolchilar bor, ularning samarali mehnati orqali yuqori cho'qqilarga chiqyapmiz. Bu g'alabalarga chanqoq bo'lgan jamoadir. Bugungi o'yin ideal tarzda o'tdi.
To'g'risi, biz g'alaba qozonishdan charchamaymiz, ammo keling bu final ekanligini unutmaylik. Bunaqasi kamdan-kam bo'ladi. Agar Beyl 3-golni ham urganda boshqacha bo'lardi.
Bizda iroda bor va katta g'alabalar haqida hamisha o'ylayveramiz", - dedi Zidan.