«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya chempionatining 18-turi doirasida bo'lib o'tgan «Osasuna»ga qarshi o'yin (0:0) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi. Eslatib o'tamiz, bahs davomida qor yog'ib turdi.
«O'yinimiz yaxshi chiqmadi. Bunday maydonda qo'ldan kelgancha harakat qildik. Bu futbol emas. Madridga esa qachon qaytishimizni bilmaymiz.
Uchrashuvni bekor qilish kerak edi. Ammo bu o'yin endi o'tmishga aylandi. Bunday sharoitda futbol o'ynab bo'lmaydi», – dedi Zidan.