UEFA superkubogi doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi o'yinda «Real» g'alaba qozondi (2:1). Shu tariqa, madridliklar ketma-ket 66ta rasmiy o'yindan beri raqib darvozasini kamida bir martadan ishg'ol qilib kelishmoqda.
"Qirollik klubi" o'z rekordini yangilashda davom etmoqda. «Real» so'nggi marta 2015/16 yilgi mavsumda EChL doirasida bo'lib o'tgan bahsda «Manchester Siti» darvozaisni ishg'ol eta olmagandi (0:0).