Ispaniya chempionatining 18-turidan o'rin olgan «Osasuna» va «Real» klublari o'rtasidagi o'yin bugun o'tkazilmasligi mumkin. Bunga Pamplona shahridagi noqulay ob-havo sharoiti sabab sifatida aytilmoqda.
"As" tarqatgan xabarga ko'ra, hozirda «Osasuna» stadionining 40 nafar xodimi maydonni yaxshi holatda saqlab turish uchun ishlamoqda. Ammo qor yog'ishi kuchaymoqda va maydonni yaxshi holatda saqlash qiyinlashib bormoqda.
«Osasuna» klubi vaziyatga optimistik ruh bilan yondashmoqda. Arena xodimlari qizdiruvchi lampalar yordami qorning erib ketishini ta'minlashmoqda. Ammo oldindan biror narsa deyish qiyin.
Jamoalar o'rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi. O'yinni o'tkazish borasidagi qaror esa 22:00da qabul qilinadi.
Agar o'yin bugun bekor qilinsa, u ertaga ertalib o'tkazilishi mumkin. Ammo bahs o'z vaqtida bo'lib o'tishiga umid bor. "Real" uchrashuvni bir soat ertaroqqa surishni so'radi, ammo La liga bu taklifga rad javobini berdi.
???? Bello en cualquier circunstancia. El Sadar se pone a punto para el partido de esta noche gracias al trabajo de los empleados de #Osasuna. ????#OsasunaRealMadrid pic.twitter.com/yKwse5W08K
— C. A. OSASUNA (@CAOsasuna) January 9, 2021