22 yoshli braziliyalik futbolchini Londonning "Tottenxem" klubi o'z tarkibiga taklif qilmoqchi.
"SHporlar" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Militao bilan qishki transferlar oynasida shartnoma imzolashni talab qilmoqda. Portugaliyalikni jamoaning hozirgi mudofaa chizig'idagi holat qoniqtirmayapti.
Himoyachi joriy mavsum Ispaniya chempionatida 2ta o'yinda maydonga tushdi. Ederning "galaktikos" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.