«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino Evropa superkubogi doirasida bo'lib o'tgan «Real»ga qarshi o'yin (1:2) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Jamoamio' o'yinining ko'p jihatlaridan qoniqish hosil qildim. Premer-ligada «Real» yo'q. Jamoamiz saviyasi yuqori, ammo «Real»ning darajasi boshqacha. Raqibimiz safidagi futbolchilar juda yuqori saviyada. «Real» yarim himoyasini boshqa jamoada yuzaga keltirishning iloji yo'q. Boshqa Modrich, boshqa Kroos, boshqa Isko, boshqa Kazemiro yo'q.
Ikkinchi bo'limda raqibga muammo yaratish yo'lini topdik. Biz ularga yoqmaydigan uslubda futbol o'ynadik. 0:2 hisobida yutqaza turib, jamoa vaziyatdan chiqib ketishga uringani menga yoqdi. Biz ajoyib vaziyat yaratdik. Keyin esa 1:2 hisobida ortda borayotganimizda, Reshford yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadik.
Biz oxirgi soniyaga qadar kurashdik — bu juda yaxshi», — dedi Mourino.