«Real» hujumchisi Luka Yovich Ispaniya chempionatining 18-turi doirasida bo'lib o'tadigan «Osasuna»ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.
23 yoshli futbolchi Pamplonaga yo'l oladigan futbolchilar ro'yxatiga kiritilgan edi. Ammo jamoaning so'nggi mashg'ulotida mushagidan jarohat oldi. Shu bois, u bugun o'yinda ishtirok eta olmaydi.
«Osasuna» – «Real» bahsi 9 yanvardan 10 yanvarga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00da boshlanadi.