"Osasuna"ga qarshi o'yin uchun Pamplonaga yo'l olishi kerak bo'lgan Madridning "Real" klubi delegaciyasi "Adolfo Suares Madrid Baraxas" aeroportidagi samolyotda qolib ketishdi.
O'yinchi va murabbiylar shtabi bir soatdan ortiq vaqt davomida uchishni kutishdi. Kechikishga esa Ispaniya poytaxtida avj olgan bo'ron sabab bo'lgan.
"Filomena" dovuli Madridga ayozli ob-havo va qor olib ketdi va aeroportning uchish-qo'nish yo'laklari butunlay muzlab qoldi.
Futbolchi va murabbiylr shtabi samolyot bortida bo'lishganida qor yanada kuchaygan. SHu sabab madridliklar bo'ronni samolyot bortida kutishdi. "Galaktikos" hozirda Pamplonada (4 soat kechikishdan so'ng).
Bugun Pamplonada ham qor yog'ishi aytilmoqda, ammo "Osasuna" klubi maydonni tozalash uchun qo'shimcha xodimlarni yollagan.
"Atletik" samolyoti noqulay ob-havo sabab Madriddan Bilbaoga qaytib ketdi