«Real» klubi bugun Ispaniya chempionatining 18-turi doirasida «Osasuna»ga qarshi bo'ladigan o'yin uchun kecha yo'lga chiqdi. Ammo Madrid shahrida noqulay ob-havo sharoiti tufayli delegatsiya samolyotda taxminan 3 soat o'tirishiga to'g'ri keldi.
Aeroportning uchish yo'lagi muz bilan qoplangani uchun samolyot o'z vaqtida uchib keta olmadi. Madridliklar Ispaniya vaqti bilan tungi soat 00:00ga yaqin Pamplona shahriga etib kelishdi.
«Real» shunday muammoga duch kelishini bilib, uchrashuvni boshqa muddatga ko'chirishni so'ragandi, ammo La liga bunga rad javobini berdi.
Pamplonada shanba kuni qor yog'ishi kutilmoqda. Shu bois, «Osasuna» klubi maydonni qordan tozalash maqsadida qo'shimcha ishchi kuchini yolladi.
«Osasuna» — «Real» uchrashuvi bugun tunda Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.
???????? ¡Estamos en Pamplona! @PalladiumHG | #HalaMadrid pic.twitter.com/UgyfXLf4I4
— Real Madrid C.F. (@realmadrid) January 8, 2021