Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Royston Drente Ispaniyaning uchinchi divizioni vakili "Rasing" klubi bilan shartnoma imzoladi. Drente shaxsiy hayoti va yangi jamoasidagi maqsadlari bilan o'rtoqlashdi.
Niderlandiyalik futbolchi 2012 yili "qaymoqranglilar" safini tark etgach, shu mavsum yana Ispaniyaga qaytdi.
"Bosqichma-bosqich harakat qilishim kerak. Hali o'ynashga tayyor emasman va o'ynaylmanki, yana uch kilo vazn tashlashim kerak. Dushanbadan dieta qo'llashni boshlayman. Men ham doim ko'p ovqat iste'mol qilardim, chunki, mening xolam shirin taomlar tayyorlaydi.
Shaxsiy xayotim? Mening to'rtta xotinimdan etti nafar farzandim bor, biroq hozir yolg'izman.
Madrid haqida juda yaxshi xotiralarim bor. Bu shahar mening uyimga o'xshaydi. "Real"da mening o'rtog'im Robino edi, keyin u ketgach, Guti yaqin do'stimga aylandi.
Ramosning shartnomasi? Agar men Florentino Peresni o'rnida bo'lganimda, u holda Serxio Ramos bilan umrbor shartnoma imzolardim.
Mening "Rasing"dagi rejalarim - bu erga o'yin-kulgu uchun kelmaganimni isbotlash. Men odamlarga nimalarga qodir ekanligimni isbotlamoqchiman va mavsum yakuniga etgach rejalarim natijasini ko'rmoqchiman" - dedi Drente Marca nashri bilan.