Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Serxio Ramos bilan bog'liq vaziyat haqida fikr bildirdi.
Ma'lumki, «Real»ning tirik afsonasini shartnomasi yakuniga etib bormoqda. Serxioning «blankoslar» bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozigacha mo'ljallangan.
«Nima ro'y berishini bilmayman. Ayni paytda Serxio «Real» futbolchisi sanaladi. Biz bor e'tiborimizni hozirgi paytga qaratganmiz. Futbolda qachon nima ro'y berishini hech qachon bilmaysan.
Tabiiyki, barchasi tezroq yakuniga etishini xohlaymiz. Bu Lukas Vaskes bilan bog'liku vaziyatga ham tegishli», - dedi Zidan.