Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan koronavirus uchun topshirgan test natijasi haqida fikr bildirdi.
«Natija manfiy chiqdi. Albatta, agar menda koronavirus aniqlansa, jamoani qanday boshqarishimni muhokama qildik. Men uchun eng asosiysi – jamoaning sog'ligi. Ertangi o'yinda jamoa bilan birga bo'laman, bor e'tiborimizni ushbu o'yinga qaratishimiz va yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz kerak», - dedi Zidan klubi matbuot xizmatiga.
«Real» ertaga safarda «Osasuna» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.