48 yoshli mutaxassis COVID-19 bo'yicha ikkita testdan o'tgan va ular manfiy chiqqan. SHundan so'ng La Liga unga o'yinda qatnashishga ruxsat berdi. Endilikda u "Osasuna"ga qarshi "Real"ni boshqarishi mumkin bo'ladi.
La Liga rahbariyati ushbu holatni bayonnomaga muvofiq ko'rib chiqdi va Zidanning uchrashuvda bo'lishiga to'sqinlik qiladigan holatlarni topmadi. Murabbiy o'yindan oldingi matbuot anjumanida ham ishtirok etadi.