«Real» klubi bosh murabbiyi Zayniddin Zidan iste'foga chiqadigan bo'lsa, jamoaning sobiq hujumchisi Raul Gonsales "qaymoqranglilar"ni qabul qilib oladi. Bu haqda "As" nashri xabar tarqatdi.
"Qirollik klubi" rahbariyati Maurisio Pochettinoning nomzodini ham ko'rib chiqqandi, ammo argentinalik mutaxassis «PSJ» bilan shartnoma imzoladi.
Raul ayni paytda «Real»ning o'rinbosarlar jamoasini boshqarmoqda. Klub bu murabbiy boshqaruvida mavsum-2019/20da Chempionlar ligasi g'olibligini qo'lga kiritdi.
43 yoshli Raul madridliklar safida 1994-2010 yillarda to'p tepgan. U «Real» safida 6 marta Ispaniya chempionati, 3 marta Evropa chempionlar ligasida g'olib chiqqan.