«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Evropa superkubogi doirasida bo'lib o'tgan «MYu»ga qarshi o'yin (2:1) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Biz juda yaxshi ishni amalga oshirdik va bundan xursandmiz. O'yinning birinchi bo'limda ajoyib harakat qildik. Ikkinchi bo'limda to'pni kamroq nazorat qildik va muammolarga duch keldik. Bu normal holat. Navbatdagi ulkan sovrinni qo'lga kiritdik. Mavsumni sovrin bilan boshlayotganimiz — bu juda yaxshi.
«Real»ning siri? Sir — jamoamiz va unda ishlayotgan insonlarda.
Krishtianuni zaxirada qoldirish qiyin bo'ldimi? Yo'q, bu oldindan rejalashtirilgandi. Boisi, u atigi 3 kundan beri biz bilan shug'ullanmoqda. Uning safimizda bo'lishi muhim ahamiyatga ega edi. Uning holati yaxshi va u yakshanba kuni bo'ladigan o'yin haqida o'ylamoqda.
Isko yangi shartnomaga munosib bo'lmoqda. O'ziga xos uslubda o'ynab, u gol urdi. U o'sishda davom etmoqda», – dedi Zidan.