Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema shantaj ishi bo'yicha Versal jinoiy sudi oldida javob berishi haqida AFP xabar tarqatmoqda.
33 yoshli hujumchi 2015 yili Frantsiya terma jamoasidagi sobiq jamoadoshi Matyo Valbuenani shantaj qilmoqchi bo'lganligi uchun sudga tortiladi. Benzema Valbuenani shantash qilishda sheriklik qilganlikda gumonlanmoqda. Eslatib o'tamiz, o'shanda tajovuzkorlarda Valbuenaning ishqiy munosabatdagi videolarini tarqatib yuborish bilan qo'rqitishgan.
Benzema huquqini muhofaza qilish organlari e'tiboriga 2015 yil noyabr oyining boshlarida tushib qolgan va Frantsiya politsiyasi tomonidan hisbga olingandi. Qisqa muddatli hibsdan so'ng, Benzema Valbuenaga qarshi qilingan shantajlikda sherik deb topilgan, shundan so'ng Karim gumonlanuvchi sifatida ozod qilingandi. Keyinchalik u Frantsiya terma jamoasi tarkibidan chetlatildi.