Ispaniya La Ligasi 18-turi doirasidagi «Osasuna» hamda «Real» ishtirokidagi uchrashuv bekor qilinishi mumkin deya xabar beradi Marca.
Bu voqeaga mamlakatning shimoliy hududidan esuvchi kuchli «Filomena» bo'roni sabab sifatida keltirilmoqda. Ushbu uchrashuvdan tashqari mana shu zonaga qarashli bo'lgan boshqa o'yinlarning ham bekor qilinish ehtimoli mavjud.
«Osasuna» hamda «Real» uchrashuvi 9 yanvar sanasida o'tkazilishi rejalashtirilgan edi.
Ma'lumot uchun, 17 turdan so'ng «qirollik» klubi 36 ochko bilan ikkinchi o'rinni band etib turibdi. "Osasuna" esa 19-pog'onaga joylashgan.