Ispaniya La Ligasining 18-turidan o'rin olgan «Osasuna» va «Real» jamoalari o'rtasidagi bahs kuchli qor yog'ishi sababli, boshqa muddatga qoldirilishi mumkin.
Pamplonedagi stadion kuchli qor yog'ishi sababli yaroqsiz holatga kelib qolishi mumkin. Dor bo'roni tufayli mintaqa bir necha kundan beri aziyat chekmoqda. Shu sababli, «Osasuna» futbolchilari hattoki mashg'ulotlardan voz kechishga majbur bo'lishdi. Pamplonada dam olish kunlari 20 santimetrgacha qor yog'ishi kutilmoqda.
«Osasuna» - «Real» jamoalari o'rtasidagi o'yin 9 yanvar, shanba kuni bo'lib o'tishi kerak.