Manchester Evening News xabariga ko'ra shov-shuvlarga sabab bo'layotgan Ramosning «Man Siti»ga taxminiy transferi amalga oshmaydigan bo'ldi.
Bunga «shaharliklar»ning futbolchi talab qilayotgan maoshni to'lay olmasliklari sabab bo'lmoqda. Hozirda muzokaralar to'liq to'xtatilgan.
Bungacha Ramosning «qirollik klubi» bilan yangi shartnoma shartlarini kelisha olmayotgani to'g'risida xabar bergan edik.