Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi va hozirda «Arsenal»da faoliyat olib borayotgan Daniel Sebalos Madridga qaytish niyati borligini bildirdi.
"Mening eng kata maqsadlarimdan biri - «Real»ga qaytish. Dunyoning eng qudratli klubida raqaobat ostida pizitsiyam uchun kurashishni istayman. Menimcha, hozir «Real» uchun Zidandan ko'ra qulay va foydaliroq murabbiy yo'q bo'lsa kerak", - deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltiradi Marca.
Ma'lumot uchun Sebalos joriy mavsum "Arsenal" safida 23 o'yinda maydonga tushib bir assist qayd etgan. Uning "to'pchilar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadi.