Frantsiyaning L’Equipe nashri 2020 yilning ikkinchi ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi. Ushbu ramziy terma jamoasi nashr o'quvchilarining ovozlari asosida tuzildi.
Darvozabon: Manuel Noyer («Bavariya»).
Himoyachilar: Alfonso Devis («Bavariya»), Serxio Ramos («Real»), Virdjil van Deyk («Liverpul»), Trent Aleksander-Arnold («Liverpul»).
Yarim himoyachilar: Tiago Alkantara («Bavariya» / «Liverpul»), Yozua Kimmix («Bavariya»), Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»), Neymar («PSJ»).
Hujumchilar: Karim Benzema («Real»), Robert Levandovski («Bavariya»).
Ushbu terma jamoada "Barselona" hujumchisi Messi va "Yuventus" forvardi Ronaldular joy olmadi.
Avvalroq esa L’Equipe jurnalistlar o'rtasida tuzilgan ramziy terma jamoadan Leo Messi joy olmagandi.